18.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. Maqolada yuqori malakali voleybolchilarda ayrim jismoniy va funksional ko‘rsatkichlarni mashg‘ulot hamda o‘yin yuklamalari ta’sirida o‘zgarish tahlil qilingan. Aniqlandiki, mashg‘ulot va testlardan avval olingan dastlabki ko‘rsatkichlar shu mashg‘ulot va testlar yuklamalari ta’sirida tushib ketgan. Lekin o‘yin yuklamalaridan so‘ng ushbu ko‘rsatkichlar yanada sustlashgan. Bunday holat tadqiqotda ishtirok etgan voleybolchilarning jismoniy imkoniyatlari ham, ularning funksional komponentlari ham mukammal shakllanmaganligidan darak beradi.
Keywords: jismoniy va funksional ko‘rsatkichlar, test, yuklama, sakrash, mokkisimon yugurish, mashg‘ulot, o‘yin, yurakni qisqarish soni (YUQS), nafas olish soni (NOS).