TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASH METODOLOGIYASI

20.02.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 2

Abstract. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligi ko‘p hollarda banklar ishonchliligi bilan hamohang ravishda o‘rganilishi va ko‘rib chiqilishi bir qancha tadqiqotlarda aniqlandi. Shu bois, biz tijorat banklari yoki har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi yuzasidan tadqiqotlarni chuqur o‘rganishga harakat qilamiz. Ushbu tushunchalardan farqli jihatlar, olimlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligi xususidagi bildirgan nazariy qarashlari va metologik asoslarini tadqiq etishga harakat qilamiz.

Keywords: tijorat banki, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy tahlil, ishonchlilik, tijorat banki aktiv va passivlari, likvidlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor