JURNALI NIZOMI
Umumiy qoidalar
«Modern Science and
Research» jurnali tahririyati (kelgusida «Tahririyat» deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, О‘zbekistan Respublikasining «Ommaviy axborot» vositalari tо‘g‘risida”gi Qonunga, shuningdek О‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Farmonlari va hukumat qarorlari,
О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom (Ustav)ga asosan о‘z faoliyatini amalga oshiradi.
«Modern Science and Research» ilmiy jurnali har oyda www.modernscience.uz sayti orqali elektron ko’rinishda chiqariladi va har bir maqola Google Scholar, Zenodo, ResearchBible (OAK 14-baza) xalqaro bazalarida indekslanadi va Cyberleninka.ru saytiga joylanadi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.
Jurnalga qabul qilingan maqolalar 3 ish kuni ichida jurnal web sayti (http://modernscience.uz/) ga joylanadi hamda muallifga maqola havolasi taqdim etiladi. O’sha kunning o’zida muallifga BEPUL sertifikat, qabul qilinganlik haqida Diplom va mualliflik guvohnomasi taqdim etiladi.
Tahririyat faoliyatining maqsad va vazifalari
«Modern Science and Research» jurnali Respublikamizdagi va Xalqaro oily ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek jurnalga Xalqaro va Respublikamizning boshqa ilmiy dargohlari, ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat ko’rsatib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi.
«Modern Science and Research» xalqaro ilmiy jurnali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha maqolalar qabul qiladi:
Maqolalarni qabul qilish muddati: Har oyning 10-sanasiga qadar
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnalning nashr etilish sanasi: Har oyning 15-sanasi
Jurnal rasmiy sayti http://modernscience.uz/
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Muassisning huquq va majburiyatlari
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bо‘lishi va uning
zimmasida boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin.
Tahririyatning huquq va majburiyatlari:
Tahrir hay’atining huquq va majburiyatlari
Jurnalning umumiy yо‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni takomillashtirish maqsadida tahrir hay’ati tuziladi. Tahrir hay’ati a’zolari muassis tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi. Uning tarkibiga bosh muharrir (tahrir xay’ati raisi), mas’ul kotib, Xalqaro va Respublika doirasidagi yetakchi professorlar, dotsentlar va kafedra mudirlari kiritiladi. Tahrir hay’ati quyidagi masalalarni kо‘rib chiqadi:
Mas’ul kotibning huquq va majburiyatlari
Nizom (Ustav) ni qabul qilish va o‘zgartirishlar kiritish tartibi
Ushbu Nizom (Ustav) «Modern Science and Research» jurnali tahririyatining
2022 yil 12 sentyabrdagi 1-sonli umumiy yig‘ilishida kо‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi.