11.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada 12-14 yoshli gandbolchilarning tezkorligini rivojlantirishda estafeta mashqlarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda estafeta mashqlari yordamida sportchilarning tezkorligi va chaqqonligi qanday samarali rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda tajriba va nazorat guruhlari orasidagi farqlar o‘rganilib, maxsus estafeta mashqlarining sportchilarning harakat tezligini yaxshilashga ta'siri haqida natijalar taqdim etilgan.
Keywords: tezkorlik, chaqqonlik, estafeta mashqlari, mashqlar samaradorligi, mashqlarni optimallashtirish, ko‘nikmalarni rivojlantirish.