TIBBIYOT YO‘NALISHIDAGI TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

07.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4

Abstract. Mazkur maqolada tibbiyot ta'limida talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etishda axborot texnologiyalarining (AT) roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy tibbiyot mutaxassisini tayyorlashda mustaqil ta'limning dolzarbligi, AT ning ta'lim jarayoniga integratsiyasi orqali erishiladigan afzalliklar, xususan, ta’limning moslashuvchanligi, interaktivligi va axborotga kirish imkoniyatlarining kengayishi ko’rib chiqiladi. Maqolada Learning Management Systems (LMS), elektron kutubxonalar, virtual simulyatorlar, mobil ilovalar va boshqa raqamli vositalardan foydalanishning o’ziga xos jihatlari yoritilib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha metodik tavsiyalar beriladi. Shuningdek, ATni qo’llashda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.

Keywords: Tibbiyot ta’limi, mustaqil ish, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, Learning Management System (LMS), virtual simulyatsiya, mobil sog’liqni saqlash (mHealth), klinik tafakkur, masofaviy ta’lim, raqamli kompetensiyalar, ta’limni individualizatsiya qilish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor