07.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu maqola psixologik trening va pedagogik usullar orqali talabalarning hamkorlik ko'nikmalarini oshirishga bag'ishlangan. Ta’limda ko‘p vektorli yondashuvlarga asoslangan yangi tizim yaratishda hamkorlikda o‘qitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini oshirish, psixologik treninglar orqali bilimlarini mustahkamlash orqali ta’lim samaradorligini yanada oshiramiz. Ushbu tadqiqot orqali biz guruhlar va jamoaviy ta'limning eng samarali usulini ko'rib chiqdik. Bu o‘quvchilarning egallagan bilimlarini eslab qolish qobiliyatini oshiradi, erkin fikrlash, mulohaza yuritish, qaror qabul qilishga yordam beradi, degan fikrni ilgari surdik. Ushbu o‘rganish davomida biz talabalar bilan psixologik trening orqali suhbatlar o‘tkazdik va talabalarning fikrlarini tingladik.
Keywords: Kolloborativ ta’lim, psixologik trening, pedagogik metodlar, psixologik salohiyat, pedagogik mahorat, zamonaviy ta’lim, kolloborativ ko’nikmalar, ta’lim texnologiyasi, didaktik ta’lim, individual yondashuv.