07.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada homiladorlik vaqtidagi allergik rinitning asoratlari va ularni oldini olish haqida so‘z boradi. Homiladorlik davri — ayol organizmida fiziologik, immunologik va gormonal o‘zgarishlar bilan kechadigan murakkab davr bo‘lib, bu holat ko‘plab kasalliklarning kechishiga va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday holatlardan biri — allergik rinit bo‘lib, u nafas yo‘llarining yuqori qismini zararlovchi allergik kasallik hisoblanadi. Ushbu holat homiladorlik vaqtida kuzatilganida, nafaqat onaning sog‘lig‘iga, balki rivojlanayotgan homila uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin.Mazkur ishda homiladorlik davrida allergik rinitning asosiy belgilari, kelib chiqish sabablari, klinik kechishi, homilaga va homilador ayolga ta’siri, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar — kislorod tanqisligi, uyqusizlik, depressiv holatlar, yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishi va tug‘ruq bilan bog‘liq murakkabliklar kabi omillar keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu mavzuda oldini olish choralari alohida o‘rin egallagan. Profilaktika choralariga allergenlardan maksimal darajada cheklanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, shifokor nazoratida xavfsiz antigistamin dorilarni qabul qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish kiradi.Tadqiqot homiladorlik davrida allergik rinitga duchor bo‘lgan ayollarga zamonaviy tibbiy yondashuvlar asosida yordam ko‘rsatish, asoratlarni kamaytirish va ona-homila salomatligini ta’minlash yo‘lida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: homila, allergik rinit, asorat, fiziologik, immunologic, gormonal, nafas, klinik, kislorod, uyqusizlik, depressiv holatlar, yurak-qon tomir, tug‘ruq, profilaktika, gigiyena, antigistamin, dori.