21.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda zamonaviy innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, interfaol usullar orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, STEAM-ta’lim, raqamli texnologiyalar, gamifikatsiya va differensial yondashuv kabi zamonaviy usullarni boshlang‘ich ta’limga integratsiya qilishning samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada ilgari surilgan fikrlar amaliy misollar bilan mustahkamlangan bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Keywords: STEAM, Interfaol metod, Gamifikatsiya, Differensial yondashuv, Innovatsion metodlar, Interfaol darslar.