E GEPATITINING PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLARI

06.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2

Abstract. E gepatiti (HEV)– gepatit virusi tomonidan chaqiriladigan jigar infeksiyasi bo‘lib, asosan fekal-oral yo‘l orqali yuqadi. Ushbu kasallik dunyo bo’ylab tarqalgan bo‘lib, ayniqsa, sanitariya sharoitlari yetarlicha rivojlanmagan hududlarda keng uchraydi. So‘nggi yillarda E gepatitining zoonoz yuqish yo‘llari aniqlanib, rivojlangan mamlakatlarda ham kasallanish holatlari ortib bormoqda. E gepatiti uchun samarali antiviral dori-darmonlar yo ‘qligi sababli, kasallikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada E gepatitining profilaktikasi, sanitariya va gigiyena choralarining roli, emlash masalalari va xavf guruhlariga qaratilgan maxsus strategiyalar muhokama qilinadi.

Keywords: profilaktika, virus, sanitariya sharoitlari, ichimlik suvi, shaxsiy gigiyena.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor