Ushbu ishda xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari keng yoritilgan. Mavzuda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralib, korxonalar faoliyatining samaradorligini aniqlashda qo‘llaniladigan uslubiy yondashuvlar, moliyaviy va nisbiy ko‘rsatkichlar tizimi tahlil qilinadi. Shuningdek, xizmatlar hajmi, tannarxi, foyda miqdori, rentabellik darajalari, mehnat unumdorligi, resurslardan foydalanish samaradorligi kabi asosiy ko‘rsatkichlarning mazmuni va ularni hisoblash usullari ko‘rsatib beriladi.
Ushbu maqolada intellektual mulk sohasining xalqaro huquqiy tahlili, mavjud muammolar va ularni manzilli hal etish usullari, himoya usullari ham bevosita keltirib oʻtilgan. Shuningdek, bu mavzuning dolzarbligi, uni oʻrganish nima uchun muhimliligi ham maqolada oʻz aksini topgan.
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatida joylashgan Eski Xovos arxeologik yodgorligining shakllanishi, madaniy qatlamlari, me’moriy qoldiqlari, topilmalari va ularning Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy jarayonlaridagi o‘rni yoritiladi. Manzilgohda hayot miloddan avvalgi IV–III asrlarda boshlangan va XX asrning o‘rtalarigacha uzluksiz davom etgan. 2014-yilgi qazishmalar natijasida topilgan Anaxita haykalchasi, XII asrgacha mansub chiroq va ellinistik davr devorlari hududning boy madaniy qatlamini ochib beradi. Tadqiqotlar natijalari Eski Xovosning Ustrushona hududi uchun etalon yodgorlik sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.
Ushbu maqolada sun’iy intellektning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va yoshlarning bilim olishiga ta’siri yoritilgan. SI texnologiyalarining shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, mustaqil o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayonini interaktivlashtirishdagi afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va cheklovlar ko‘rib chiqilib, uning oqilona qo‘llanilishi bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari SI yoshlarning ilmiy rivojlanishida muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.
This article explores how real-world language resources contribute to strengthening listening skills in English as a Foreign Language (EFL) settings. It examines various forms of genuine audio and visual content, explains their instructional benefits, identifies the difficulties teachers and students may face, and offers practical recommendations for integrating such materials into lessons. The findings emphasize that exposing learners to authentic input greatly improves their ability to understand natural spoken English and deepens their cultural competence.