AGENTIK SUN’IY INTELLEKT SHAROITIDA INSONNING IJTIMOIY MAS’ULIYATI TRANSFORMATSIYASI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL

21.08.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 8

Abstract. Mazkur maqolada agentik sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanishi sharoitida insonning ijtimoiy mas’uliyati mazmuni va shakllarida yuz berayotgan transformatsion jarayonlar ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning oddiy axborot vositasidan nisbatan avtonom qaror qabul qilish, maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni amalga oshirish va inson faoliyatining ayrim funksiyalarini bajarish imkoniyatiga ega agentik tizimga aylanishi mas’uliyat, erkinlik, nazorat, axloqiy tanlov va javobgarlik tushunchalarini qayta ko‘rib chiqishni talab etayotgani asoslanadi. Shuningdek, inson–sun’iy intellekt munosabatlarida mas’uliyatning subyektlari, chegaralari va taqsimlanishi bilan bog‘liq muammolar yoritilib, texnologik taraqqiyot sharoitida insonning axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatini mustahkamlash zarurati ko‘rsatib beriladi.

Keywords: agentik sun’iy intellekt, ijtimoiy mas’uliyat, inson, texnologik taraqqiyot, avtonom tizim, axloqiy tanlov, javobgarlik, raqamli jamiyat, ijtimoiy-falsafiy tahlil.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor