OMMAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH JARAYONIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH FAOLIYATI: ICHKI ISHLAR ORGANLARI VAZIFALARI TAHLILI MISOLIDA

20.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1

Abstract. Ushbu maqolada ommaviy tadbirlarni o'tkazish jarayonida jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining (IIO) tayanch vazifalari hamda faoliyat mexanizmlari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Ichki ishlar organlarining tadbirdan oldingi (tayyorgarlik va obyekti tekshirish), tadbir vaqtidagi (tartibni saqlash) va undan keyingi bosqichlardagi o'ziga xos taktik-tashkiliy funksiyalari yoritiladi. Shuningdek, xavfsizlikni ta'minlash sohasida Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan o'zaro hamkorlik masalalari, ommaviy tadbirlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar va intellektual tizimlardan ("Aqlli mudofaa" va videokuzatuv tahlili) foydalanish amaliyoti ko'rib chiqilib, tizimdagi faoliyat samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

Keywords: ichki ishlar organlari, ommaviy tadbirlar, jamoat xavfsizligi, vazifalar tahlili, idoralararo hamkorlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, raqamli texnologiyalar, taktik-tashkiliy tadbirlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor