09.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu ilmiy maqolada Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitida introduksiya qilingan dorivor o‘tkir bargli sano (Cassia acutifolia Del.) va tor bargli sano (Cassia angustifolia Vahl.) turlarining agrobiologik, o‘sish va rivojlanish dinamikasi, suv rejimi hamda barg tarkibidagi biologik faol moddalar (flavonoidlar, fenolik birikmalar, antraglikozidlar) miqdori qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida, Cassia angustifolia turi yuqori o‘sish sur'ati, vegetativ biomassa to‘plashi va reproduktiv salohiyati bilan ajralib tursa, Cassia acutifolia turi yuqori darajadagi suv saqlash qobiliyati (82,6 %) va past suv tanqisligi (11,8 %) hisobiga qurg‘oqchilik va yuqori haroratga nisbatan kuchli fiziologik moslashuvchanlikni namoyon etdi. Biokimyoviy tahlillar o‘tkir bargli sano bargida antraglikozidlar (2,84 %), flavonoidlar (3,86 %) va fenolik birikmalar (5,72 %) miqdori tor bargli sanoga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Olingan ma'lumotlar mahalliy farmatsevtika sanoatini sifatli dorivor xomashyo bilan ta'minlashda muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Keywords: Cassia acutifolia, Cassia angustifolia, introduksiya, Xorazm vohasi, suv saqlash qobiliyati, antraglikozidlar, flavonoidlar, biopreparatlar.