03.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlarining antik davr (mil. avv. III — mil. V asrlar) xo‘jalik turmush tarzi va savdo aloqalarining antropologik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda Sog‘diyona, Baqtriya, Xorazm va Parfiya hududlarida yashovchi etnoslarning chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik va xalqaro savdosiga asoslangan iqtisodiy yo’nalishlari qiyosiy-tipologik usul yordamida o‘rganilgan. Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishi va mintaqaviy madaniy almashinuv jarayonlarida ushbu xalqlarning o‘rni aniqlandi. Arxeologik, etnografik va yozma manbalar tahlili asosida xulosa qilindi, antik davr Markaziy Osiyo xo‘jaligi ko’p markazli, ko‘p tarmoqli va mobil bo‘lib, uzoq hududlararo xo’jalik va madaniy aloqalar almashinuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy antropologiya, iqtisodiy etnologiya va qadimgi savdo tarixi sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Keywords: Markaziy Osiyo, antik davr, xo‘jalik antropologiyasi, savdo etnografiyasi, Buyuk Ipak yo‘li, Sog‘diyona, Baqtriya, chorvachilik, dehqonchilik, transkulturalizm.