30.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada Mengnor Ollomurod she’riyatidagi lirik qahramon va obrazlar xarakteri tahlil qilinadi. Shoir ijodida inson qalbining ruhiy iztiroblari, ma’naviy inqiroz, haqiqat va adolat izlash motivlari yetakchi o‘rin egallashi yoritilgan. Tadqiqotda “Sahrolarning sarobida”, “Bir nokas ko‘nglimni…”, “Ko‘nglimni sindirdi…” kabi she’rlar misolida lirik qahramonning ichki kechinmalari, iztirob va umid o‘rtasidagi ruhiy holati poetik jihatdan tahlil etiladi. Shuningdek, shoirning metafora, antiteza, kinoya va simvolik obrazlardan foydalanish mahorati ochib beriladi. Maqolada xalqona til unsurlari bilan mumtoz she’riyat an’analarining uyg‘unlashuvi Mengnor Ollomurod uslubining muhim xususiyati sifatida baholanadi. Tadqiqot natijasida shoir yaratgan lirik qahramon obrazida zamonaviy insonning ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy qarashlari va ruhiy olami aks etishi asoslab beriladi.
Keywords: Mengnor Ollomurod, lirik qahramon, metafora, antiteza, kinoya, simvolik obraz, xarakter