27.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Ushbu maqolada EmguCV kutubxonasi va .NET platformasi yordamida real vaqt rejimida ishlovchi yuzni tanish biometrik xavfsizlik tizimini ishlab chiqish jarayoni yoritilgan. Tadqiqotning asosi axborot xavfsizligini ta’minlashda kontaktsiz autentifikatsiya usullarini joriy qilishga qaratilgan. Tizimda tasvirlarga ishlov berish uchun OpenCV kutubxonasining C# uchun qobig‘i bo‘lgan EmguCV dan foydalanilgan. Yuzni aniqlash uchun Haar Cascade algoritmi, tanib olish uchun esa LBPH (Local Binary Pattern Histograms), Eigenfaces va Fisherfaces algoritmlari qiyosiy tahlil qilingan. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, LBPH algoritmi turli yorug‘lik sharoitlarida 93.9% dan 99% gacha aniqlikni ta’minlab, real vaqt rejimidagi kirishni boshqarish tizimlari uchun eng samarali yechim hisoblanadi. Maqolada tizimning texnik arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash modullari va apparat qismini boshqarish tamoyillari batafsil bayon etilgan.
Keywords: Yuzni tanish, Biometrik xavfsizlik, EmguCV, Kompyuter ko‘rish, Sun’iy intellekt, Kirishni boshqarish tizimi, Tasvirni qayta ishlash.