27.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Mazkur maqola Birlashgan Arab Amirligi shaharlarida me’moriy-landshaft muhitini shakllantirish tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida Dubay va Abu-Dabi shaharlarida qo‘llanilayotgan landshaft rejalashtirish tamoyillari, yashil hududlar tizimi, suv tejovchi texnologiyalar hamda iqlimga mos dizayn yechimlari tahlil qilindi. Tadqiqotda taqqoslama va tizimli yondashuv asosida O‘zbekiston shaharlarining iqlimiy, tarixiy va urbanistik xususiyatlari inobatga olindi.
Keywords: me’moriy-landshaft muhit, shaharsozlik, Birlashgan Arab Amirligi, yashil hududlar, barqaror rivojlanish, suv tejovchi texnologiyalar.