O'ZBEK IZOHLI LUG'ATLARIDA TAQLID BIRLIKLARINING SEMANTIK TASNIFI VA IZOHLASH USULLARI

27.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Mazkur maqolada o‘zbek izohli lug‘atlarida taqlid birliklarining semantik tasnifi hamda ularni izohlash usullari lingvistik va leksikografik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Taqlid birliklari tilning fonosemantik qatlamiga mansub bo‘lib, tabiat tovushlari, harakat, holat va hissiy ifodalarni bevosita aks ettirish xususiyatiga ega. Maqolada taqlid so‘zlarning semantik guruhlari, ularning nutqdagi funksional xususiyatlari hamda izohli lug‘atlarda berilish prinsiplari yoritiladi. Shuningdek, izoh berish jarayonida semantik aniqlik, uslubiy belgilash, fonetik variantlar va kontekstual misollarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari taqlid birliklarini leksikografik jihatdan mukammal ifodalash til boyligini tizimli aks ettirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Keywords: taqlid birliklari, onomatopeya, fonosemantika, izohli lug‘atlar, semantik tasnif, leksikografiya, uslubiy belgilash.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor