26.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada yer munosabatlari tizimidagi o‘ziga xos huquqiy munosabat — servitut yoki o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer munosabatlarining murakkablashuvi, yer uchastkalariga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar, shuningdek, servitutning amaliy shakllari va u yer resurslarini oqilona boshqarishdagi roli yoritilgan. Maqolada servitutning hududiy rejalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va jamoat manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, shuningdek, yer egasi va foydalanuvchining huquqiy himoyasi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Keywords: servitut, yer uchastkasi, o‘zganing yeridan foydalanish, hududiy rejalashtirish, infratuzilma, huquqiy munosabatlar.