YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARINING TRANSFORMATSIYASI

25.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1

Abstract. Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning transformatsiya jarayoni zamonaviy tarixiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillikdan keyingi davrda, ayniqsa 2016-yildan boshlab amalga oshirilgan keng ko‘lamli siyosiy, huquqiy va ijtimoiy islohotlarning davlat boshqaruvi tizimiga hamda jamiyat hayotiga ta’siri ochib beriladi. Maqolada “davlat — jamiyat uchun” va “inson manfaatlari ustuvor” tamoyillarining shakllanishi, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash mexanizmlarining joriy etilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat o‘rtasidagi vositachi sifatidagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini, mazkur transformatsiya demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlatni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotga erishishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Keywords: Yangi O‘zbekiston, davlat va jamiyat munosabatlari, transformatsiya, demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyati, ochiq davlat, jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi, inson manfaatlari ustuvorligi, siyosiy modernizatsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor