23.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada harbiy xizmatchilar ongida vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanish jarayoni uzluksiz va kompleks ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida tahlil qilinadi. Vatanparvarlik harbiy kasbning asosiy axloqiy-me’yoriy negizi sifatida talqin etilib, uning shakllanishida shaxsiy e’tiqod, kasbiy burch, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, harbiy muhit va ta’lim-tarbiya tizimining o‘zaro uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda yoritiladi.
Keywords: vatanparvarlik, harbiy ong, ma’naviy barqarorlik, milliy qadriyatlar, harbiy muhit, kasbiy burch, mafkuraviy immunitet.