17.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Maqola chaqaloqlarning hissiy rivojlanishini madaniy kontekstda o‘rganadi. Kollektivizm, individualizm va hokimiyat masofasi kabi madaniy ramkalar go‘daklarning hissiy sotsializatsiyasi va kompetensiyalarini shakllantirishga ta’siri tahlil qilinadi. Ish ota-onalik amaliyotlari, bolalarning oila va madaniyatdagi o‘rni, shuningdek, turli madaniyatlarda hissiy nazorat va o‘rganishga oid e’tiqodlarni solishtiradi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo psixologiya va bolalar rivoji sohalarida nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: Emotsional regulyatsiya, hissiy reaksiya, go‘daklik davri, hissiy rivojlanish, madaniyat, kollektivizm, individualizm, ota-onalik, sotsializatsiya.