QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI O‘SMIR SPORTCHILARDA YILLIK TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTLARINING BOSQICHMA-BOSQICH REJALASHTIRILISHINING SAMARADORLIGI

27.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Mazkur maqolada 15–17 yoshli qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bosqichma-bosqich rejalashtirishning jismoniy tayyorgarlik darajasi va sport natijalariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot pedagogik eksperiment asosida olib borilib, sportchilar eksperimental va nazorat guruhlariga ajratildi. Eksperimental guruh mashg‘ulotlari umumiy, maxsus, musobaqa va o‘tish bosqichlari asosida tashkil etildi, nazorat guruhida esa an’anaviy mashg‘ulot tizimi qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bosqichli rejalashtirish tezlik, tezkorlik-kuch va umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining barqaror oshishiga olib keladi, jarohatlanish xavfini kamaytiradi hamda mashg‘ulot jarayonining tizimliligini ta’minlaydi.

Keywords: qisqa masofaga yugurish, 15–17 yoshli sportchilar, yillik rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlik, periodizatsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor