23.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Suv nafaqat iqtisodiy farovonlik balki, xalqaro xavfsizlik va geosiyosiy barqarorlik masalalarida ham muhim rol o‘ynay boshladi. Shu kungacha suv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, davlatlar o‘rtasidagi suv bilan bog‘liq muammolar kelgusida mintaqaviy va xalqaro vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligi kuzatilmoqda. Afg‘oniston misolida oladigan bo‘lsak, mamlakat hududida shakllanadigan suv resurslarining taxminan 30 foizigina o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilsa, qolgan 70 foizi qo’shni mamalakatlarga oqib o’tadi. Mazkur maqolada Afg‘onistondagi suvdan foydalanish bilan bog‘liq barcha muammoli jihatlar, shuningdek Pokiston va Eron bilan suv resurslarini taqsimlash borasida yuzaga kelayotgan nizolar atroflicha tahlil qilinadi.
Keywords: transchegaraviy daryolar, Helmand, Amudaryo, gidroinshootlar, Hindikush tog’i, to’g’onlar, suv resurslari.