19.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqola elektr ta’minot tizimida transformatorlarning ahamiyati, ularning elektr energiyasini uzatish va taqsimlashdagi o‘rni, samaradorligi va ishonchliligini oshirishga oid ilmiy tahlillarga bag‘ishlangan. Tadqiqotda transformatorlarning asosiy parametrlariga, ularning kuchlanishni oshirish va pasaytirish funksiyalariga, hamda modernizatsiya jarayonida qo‘llanilayotgan texnologiyalarga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, transformatorlarning ekspluatatsiya jarayonida energiya isroflarini kamaytirish, yuklamalarni optimallashtirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: transformator, yuklama, eskirgan transformator, energiya uzatish, texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar, statistika, modernizatsiya, transformator punkti, konturli yerga ulagich.