19.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada neft va gaz qurilmalarini ta’mirlash fanini o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning mohiyati va ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida talabalarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, real ishlab chiqarish sharoitlariga mos kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Fan mazmunini ishlab chiqarish jarayonlari bilan integratsiyalash, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari hamda zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali mutaxassis tayyorlash samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, kompetensiyaga asoslangan yondashuvning ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqola neft va gaz sohasida faoliyat yurituvchi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Keywords: kompetensiya, neft va gaz qurilmalari, ta’mirlash texnologiyalari, kasbiy kompetensiya, amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish bilan integratsiya, texnika xavfsizligi, raqamli texnologiyalar, kasbiy ta’lim, mutaxassis tayyorlash.