11.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan. Maqolada yashil iqtisodiyotning turli xil kategoriyalarining ko’rsatkichlarini aniqlash indekslari, ular haqida ma’lumotlar va ulardan foydalanish usullari ham yaqqol yoritib o’tilgan. Shuningdek, maqolada O’zbekistonda yashil iqtisodiyotga o’tish jarayonlari, amalga oshirilayotgan bir qancha islohotlar va xalqaro tajribalar bilan solishtirishlar keltirib o’tilgan. Iqlim o’zgarishlar va ekologik muammolarga qarshi kurashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda suv resurslaridan tejamkorona foydalanish bo’yicha mamlakatning strategik yo’nalishlari ko’rib chiqilgan.
Keywords: Yashil iqtisodiyot, energiya, barqaror rivojlanish, BMT, UNEP, integratsiya, o’sish strategiyalari, resurslar, global iqlim o’zgarishlari, uglerod chiqindilari, innovatsion rivojlanish, energetika, Global Green Economy Index, Environmental Performance Index, global iqlim, ekologik turizm, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurs, energetik inqirozlar, ekologik barqarorlik, ekologik tanqislik, ekotizim, infratuzilma.