10.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada O’zbekistonda uy-joy qurilishi va arzon uy-joy dasturlarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ortishi, arzon uy-joy dasturlarining yetarli emasligi va qurilish xarajatlarining oshishi ushbu sohada samarali yechimlarni topishni dolzarb masalaga aylantiradi. Maqolada uy-joy qurilishida moliyaviy va texnologik yechimlarni qo‘llash orqali barqaror va samarali natijalarga erishish imkoniyatlari yoritiladi. Davlat va xususiy sektor hamkorligi, kreditlash mexanizmlari, prefabrik va modul qurilish texnologiyalari, energiya tejamkor materiallar va raqamlashtirilgan qurilish jarayonlari orqali loyiha xarajatlarini kamaytirish va sifatni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.
Keywords: uy-joy qurilishi, arzon uy-joy dasturlari, moliyaviy yechimlar, texnologik yechimlar, prefabrik qurilish, energiya tejamkorlik, raqamlashtirish, kreditlash mexanizmlari, davlat-xususiy hamkorlik.