10.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qurilish sanoatining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Qurilish jarayonlarida avtomatlashtirish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkorlikni ta’minlash, raqamli boshqaruv tizimlarini shakllantirish hamda xalqaro standartlarga mos qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar orqali qurilish korxonalarining samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va sifat nazoratini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar malakasini oshirish va xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali O‘zbekiston qurilish sanoatini mintaqadagi raqobatbardosh tarmoqqa aylantirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Keywords: qurilish sanoati, innovatsion texnologiyalar, raqobatbardoshlik, raqamlashtirish, avtomatlashtirish, “yashil” texnologiyalar, energiya tejamkorlik, iqtisodiy samaradorlik, texnologik yangilanish, barqaror rivojlanish.