29.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada mavhum qaynash qatlamida karbamitni quritish jarayonining texnologik tuzilishi, matematik modeli va dinamik xususiyatlari kompleks o‘rganildi. Jarayonning texnologik sxemasi asosida issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari tahlil qilinib, quritgichning ikki inertsiya bo‘g‘iniga ega nochiziqli dinamik tizim ekanligi aniqlandi. Massa va issiqlik balansi tenglamalariga tayangan holda quritish jarayonining matematik modeli ishlab chiqildi va uzatish funksiyasi identifikatsiyalandi. Boshqaruv tizimlarining samaradorligi MATLAB, Fuzzy Logic va MPC algoritmlari yordamida solishtirilib, MPC regulyatori eng yuqori aniqlik va energiya tejamkorlikni ta’minlashi isbotlandi. Modelning real texnologik ma’lumotlarga mosligi baholandi. Tadqiqot natijalari mavhum qaynash quritgichlarida karbamitni quritish jarayonini avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun ishonchli ilmiy asos yaratadi.
Keywords: Karbamitni quritish, mavhum qaynash qatlamı, issiqlik-massa almashinuvi, matematik model, o‘tish xarakteristikasi, identifikatsiya, PID boshqaruv, Fuzzy Logic, MPC, avtomatlashtirish.