FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

05.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralib, ularning huquqiy, institutsional va protsessual mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini kafolatlashga qaratilgan islohotlar, xalqaro huquqiy standartlarga muvofiqlik, sud-huquq tizimini mustahkamlash va fuqarolik jamiyati institutlarining roli yoritilgan. Maqolada zamonaviy sharoitda inson huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari, ularni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltirilgan.

Keywords: Konstitutsiyaviy huquqlar, inson erkinliklari, huquqiy davlat, huquqni muhofaza qilish, Ombudsman, sud hokimiyati, fuqarolik jamiyati, xalqaro huquq, islohotlar, huquqiy mexanizmlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor