04.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada Markaziy bank va bank tizimi orqali inflyatsiyani boshqarish masalalari hamda monetar siyosatning iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi o‘rni chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Markaziy bankning asosiy maqsadlari — narxlar barqarorligini saqlash, pul massasini nazorat qilish va foiz stavkalari orqali iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda inflyatsiyani pasaytirish borasida amalga oshirilgan islohotlar, pul-kredit siyosati vositalarining samaradorligi hamda xalqaro tajriba bilan taqqoslama tahlil keltiriladi. Maqola yakunida monetar siyosatni takomillashtirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va inflyatsiyani mo‘tadil darajada ushlab turish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: Markaziy bank, inflyatsiya, monetar siyosat, pul-kredit siyosati, foiz stavkasi, pul massasi, iqtisodiy barqarorlik, makroprudensial siyosat, valyuta kursi, likvidlik, milliy iqtisodiyot.