30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Maqolada Kushonlar davrida shakllangan harbiy va siyosiy ikonografiyaning asosiy unsurlari — bosh kiyimlar, dubulg‘alar va ularning ramziy mazmuni tahlil qilingan. Tadqiqotda tangalar, haykallar hamda devoriy suratlar asosida hukmdor timsolining siyosiy va diniy mohiyati yoritiladi. Har bir bosh kiyim shakli, bezagi va undagi timsollar orqali hokimiyatning ilohiy legitimatsiyasi, qudrat va osmoniy himoya g‘oyalari ifodalangan. Muallif Kushon ikonografiyasida harbiy libos va atributlarning davlat mafkurasi bilan uzviy bog‘liqligini asoslaydi. Ushbu yondashuv Kushon san’atini nafaqat estetik, balki ideologik tizim sifatida ham baholash imkonini beradi.
Keywords: Kushon davri; Gandhara san’ati; Ajanta rasmlari; podshoh ikonografiyasi; oyoq kiyimi; etik; kiyim madaniyati; san’at va mafkura; ramziy ma’no; ijtimoiy maqom; tangalar; haykaltaroshlik an’analari; diniy tasvirlar; siyosiy ifoda; madaniy o‘zaro ta’sir.