30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi.
Keywords: Hujum harakati, paranji tashlash, ayollar ozodligi, sovet siyosati, ijtimoiy o‘zgarish, madaniy to‘qnashuv, O‘zbekiston tarixi.