AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA AKTSIYALARNI OMMAVIY JOYLASHTIRISH (IPO) ORQALI INVESTITSIYALARNI JALB QILISH SAMARADORLIGI

30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Ushbu maqolada Aksiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) jarayonining iqtisodiy mohiyati, uning investitsiyalarni jalb etishdagi o‘rni va O‘zbekiston sharoitida ushbu mexanizmning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda IPO orqali korxonalarning kapitallashtirilgan qiymatini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorining hozirgi holati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan IPO loyihalari, davlat ulushini kamaytirish siyosati hamda xalqaro tajribalarning tahlili keltirilgan. Xususan, rivojlangan davlatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Xitoy tajribalari asosida O‘zbekiston uchun samarali model va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, IPO jarayonlarini jadallashtirish nafaqat investitsion muhitni yaxshilaydi, balki iqtisodiyotda shaffoflik, raqobat va kapitallashuv darajasini oshiradi.

Keywords: IPO (Initial Public Offering), Aksiyadorlik jamiyati, fond bozori, investitsiya, kapital bozorini rivojlantirish, aksiyalar emissiyasi, korporativ boshqaruv, investor ishonchi, kapitallashuv darajasi, davlat ulushini xususiylashtirish, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor