ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONI VA UNDAGI “SHAYX SAN’ON” HIKOYATI TAHLILI

27.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodining yuksak namunasi bo‘lgan “Lison ut-tayr” dostoni va undagi “Shayx Sa’non” hikoyati tahlil qilinib, undagi tasavvufiy g‘oyalar yoritilgan. Asarda insonning ma’naviy kamolot sari yo‘li, Haqqa yetishish bosqichlari hamda ruhiy poklanish jarayonlari tasavvuf falsafasi asosida talqin etiladi. Bundan tashqari maqolada Alisher Navoiyning tasavvuf va uning naqshbandiya ta’limotidagi o‘ziga xos qarashlariga ahamiyat berilgan. Asar kompozitsiyasining o‘ziga xosligiga diqqat qaratilib, undagi har bir detall Alisher Navoiyning, eng avvalo, islomiy, so‘ngra tasavvufiy dunyoqarashini o‘zida aks etgani tahlillar orqali asoslangan.

Keywords: “Lison ut-tayr ”, tasavvuf, komil inson, ruhiy kamolot, Haqqa yetishish, islom, hikoyat, Shayx San’on, nasroniy qiz, ishq, tasavvuf, din.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor