27.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada kriptobirjalar faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy, texnologik va tashkiliy jihatlari tahlil qilingan. Kriptoaktivlar bozori global moliya tizimining muhim tarkibiy qismiga aylangan bir paytda, O‘zbekiston uchun ushbu sohani rivojlantirish istiqbollari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda kriptobirjalarning shakllanish bosqichlari, ularning blokcheyn texnologiyasi asosidagi ishlash mexanizmlari hamda xalqaro tajriba misolida tartibga solish amaliyoti yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda kriptoaktivlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha mavjud huquqiy baza, amaldagi infratuzilma va investitsion muhitning holati o‘rganilib, ularni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish va milliy kriptobirja tizimini shakllantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: kriptobirja, kriptoaktiv, blokcheyn texnologiyasi, raqamli iqtisodiyot, token, raqamli aktivlar bozori, moliyaviy texnologiyalar (fintech), investor, xavfsizlik tizimi, tartibga solish mexanizmi, litsenziyalash, raqamli to‘lovlar, O‘zbekiston tajribasi, xalqaro kripto bozor, kriptovalyuta savdosi.