17.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Mazkur maqolada arab tilining ilm-fan va din sohalaridagi terminologik ahamiyati, tarixiy shakllanish jarayoni hamda zamonaviy ilmiy nutqdagi o‘rni tahlil qilinadi. Arab tili ming yillar davomida nafaqat diniy bilimlarning, balki falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarning asosiy ilmiy ifoda vositasi bo‘lib kelgan. Maqolada arab terminologiyasining jahon ilmiy tafakkuriga ta’siri, uning o‘zbek va boshqa tillardagi ilmiy so‘z boyligiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, arab tili bugungi kunda ham ilmiy an’ana va diniy merosni birlashtiruvchi universal ilmiy til sifatida tahlil etiladi.
Keywords: arab tili, ilmiy terminologiya, diniy fanlar, ilmiy tafakkur, terminlar tizimi, til va madaniyat, bilimlar almashinuvi, fanlararo ta’sir, til merosi, ilmiy an’ana.