16.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Bu maqola huquqiy makonda eng xavfli sukut — javobgarliksiz hokimiyat muammosini ochib beradi. Prokuror va sudya zimmasida jamiyat taqdiri turgan bir paytda, ularning ustidan mavjud bo‘lgan nazoratning zaifligi yoki umuman yo‘qligi davlat adolatining eng chuqur yarasini ochmoqda. Ushbu tadqiqot formal qonuniylik va real adolat o‘rtasidagi halokatli tafovutni fosh etadi: qonun chiqaruvchi jazolanishni belgilagan, biroq hukm chiqaruvchini javobgarlikdan ozod qoldirgan. Maqola an’anaviy huquqiy tahlildan tashqariga chiqib, sud hokimiyati va prokuratura faoliyatidagi “tokinmas zonalar” — qonun bilan himoyalangan absolyut vakolat hududlarini yoritadi. Aynan shu hududlarda inson huquqlari emas, tizim manfaatlari hukm suradi. Bu nafaqat normativ inqiroz, balki ma’naviy hukmronlikning yengilmas paradoksidir: qachonki hukm chiqaruvchi hukmdan yuksak turar ekan, adolat tom ma’noda yolg‘iz qoladi. Muallif milliy qonunchilikni xalqaro tamoyillar — checks and balances, judicial accountability, public oversight — bilan qiyoslab, O‘zbekiston sud tizimida shaffoflik yetishmovchiligining xavf darajasini ochib beradi. Maqola qonuniy himoya ostidagi xatolarni emas, himoya qilinayotgan xatolarni tahlil qiladi. Aynan shu jarayonda huquq insonni himoya qiluvchi vosita emas, balki taqdirni hukm qiluvchi mexanizmga aylanishi mumkinligini isbotlaydi. Ushbu ish ritorik savol bermaydi — u ayblov e’lon qiladi: agar hukm chiqaruvchi hech qachon hukm ostiga qo‘yilmasa, unda adolatni emas, jazoni boshqarayotgan tuzum bilan yuzlashamiz. Shu sababli muallif ilk bor “Javobgarlik kodeksi” konsepsiyasini ilgari suradi — bu nafaqat sudyalar va prokurorlar ustidan nazorat mexanizmi, balki adolatning o‘zi uchun himoya qalqonidir. Chunki davlatning eng katta jinoyati — bu jinoyat sodir bo‘lib turib, hech kim aybdor bo‘lmagan holatdir. Bu annotatsiya bir maqolaga kirish emas — bu huquqiy da’vatdir. Uni o‘qigan har qanday yurist uchun tanlov faqat ikkitadir: yoki sukut saqlash, yoki vijdon ustidan qasam ichish.
Keywords: Huquqiy kolliziya, normativ vakuum, konstitutsiyaviy mutanosiblikning buzilishi, pravovoy nihilizm, yuridik anomiya, ijtimoiy kontraktning devalvatsiyasi, javobgarlikning kollektiv projeksiyasi, protsessual legitimatsiya inqirozi, davlat suvereniteti metamorfizmi, huquqiy determinatsiya va irodaviy dezorientatsiya, normativ-deontologik dissonans, fuqarolik-huquqiy immunitetlarning yemirilishi, ma’muriy pozitivizm inertsiyasi, adolat paradigmasining krizisi, ijtimoiy-prezumpsiyaviy ishonch inqirozi, yuridik sanksiya transformatsiyasi, pravovoy deformatsiya va axloqiy-konstitutsion restauratsiya ehtiyoji, davlat irodasi va yuridik irodasizlik paradoksi, nazariya-sukut va amaliyot-qon oqimi dialektikasi, normaning metafizik itoatsizligi, huquqiy tafakkurning degenratsiyasi.