TIJORAT BANKLARINI SOLIQQA TORTISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

04.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Maqolada tijorat banklarini soliqqa tortish jarayonidagi dolzarb muammolar, ularning sabablari va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston bank tizimida amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish mexanizmlari, ularning xalqaro tajribadagi o‘rni va farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, soliqqa tortish jarayonining tijorat banklari faoliyati samaradorligiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Tadqiqot natijalarida soliq yukining ortib borishi, soliqqa tortish tizimida tabaqalashtirilmagan yondashuv va byurokratik jarayonlarning murakkabligi asosiy muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif tomonidan banklarni soliqqa tortish tizimini optimallashtirish, soliq hisobi jarayonlarini raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar tavsiyalaridan foydalanish orqali soliq mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Keywords: tijorat banklari, soliqqa tortish, soliq hisobi, fiskal siyosat, soliq yuklamasi, bank tizimi, moliyaviy shaffoflik, raqamlashtirish, xalqaro tajriba, optimallashtirish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor