BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI (HAMKORBANK ATB MISOLIDA)

04.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Mazkur ilmiy maqola tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilingan. Muammoli kreditlar banklarning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi va mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ularni boshqarish va qaytarilishini ta’minlash bugungi kunda banklar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Maqolada muammoli kreditlarning paydo bo‘lish sabablari, “Hamkorbank” ATBda mavjud amaliyot, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, muammoli kreditlarni kamaytirishning samarali mexanizmlari sifatida kredit tahlilini chuqurlashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, restrukturizatsiya jarayonini soddalashtirish va kredit sug‘urtasidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatida risklarni kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda mijozlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Keywords: Muammoli kreditlar, kredit riski, qaytarilish darajasi, restrukturizatsiya, kredit portfeli, tijorat banklari, moliyaviy barqarorlik, “Hamkorbank” ATB.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor