TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH (“DAVRBANK” XATB MISOLIDA)

11.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9

Abstract. Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit siyosatini takomillashtirish masalalari "Davrbank" XATB misolida o‘rganilgan. Kredit siyosati bankning asosiy moliyaviy vositalaridan biri bo‘lib, uning samarali yuritilishi kredit portfeli sifatini oshirish, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish va bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada so‘ngi yillarda “Davrbank” tomonidan amalga oshirilgan kreditlash faoliyati statistik tahlil qilinib, mavjud muammolar va risk omillari aniqlangan. Tahlillar asosida kredit siyosatini raqamlashtirish, skoring tizimlarini joriy etish va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari, xususan, O‘zbekiston bank sektorida kredit siyosatining zamonaviy yondashuvlar orqali takomillashtirilishiga amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Keywords: Tijorat banki, kredit siyosati, “Davrbank” XATB, kredit portfeli, muammoli kreditlar, kredit riski, moliyaviy barqarorlik, raqamli kreditlash, skoring tizimi, kredit strategiyasi, bank risklarini boshqarish, mijozga yo‘naltirilgan yondashuv, kredit portfelini diversifikatsiya qilish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor