06.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekistonda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimining mazmun-mohiyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xotin-qizlar bandligi va daromadliligini ta’minlashdagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, ushbu tizim orqali ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari aniqlanib, ularning hayotiy muammolarini hal etish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozoriga jalb etish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali iqtisodiy faolligini oshirish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi.
Keywords: Ayollar daftari, bandlik, daromadlilik, ijtimoiy himoya, gender tenglik, iqtisodiy faollik, tadbirkorlik, ijtimoiy siyosat.