NOMODDIY AKTIVLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH (“ASAKABANK” ATB MISOLIDA)

16.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimida faoliyat yurituvchi Asakabank ATB misolida nomoddiy aktivlar (NA) auditini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda MHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” va IFRS 3 “Biznes birlashmalari” talablariga muvofiq ravishda bank balansida qayd etilgan dasturiy ta’minotlar, internet-banking platformalari, mobil ilovalar, brend qiymati va boshqa intellektual mulk obyektlari tahlil qilindi. Asakabankda NA auditi jarayonida uchraydigan asosiy muammolar – baholashdagi subyektivlik, huquqiy hujjatlar bazasining yetarlicha to‘liq emasligi, amortizatsiya siyosatidagi tafovutlar – aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, baholash metodologiyasini standartlashtirish, raqamli texnologiyalarni audit jarayoniga integratsiya qilish, auditorlar malakasini oshirish va intellektual mulk huquqlarini mustahkamlash kabi chora-tadbirlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari Asakabank ATBda nomoddiy aktivlar auditining shaffofligini oshirish hamda moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Keywords: nomoddiy aktivlar, MHXS 38, IFRS 3, Asakabank JSCB, audit, buxgalteriya hisobi, intellektual mulk, brend qiymati, dasturiy ta’minot, baholash metodologiyasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor