07.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatida Islom moliyasi xizmatlarini joriy etish va ularni rivojlantirish yo‘llari har tomonlama tahlil qilinadi. Islom moliyasi shariat tamoyillariga asoslangan bo‘lib, foizsiz moliyalashtirish, halol investitsiya va tenglikka asoslangan sheriklik munosabatlarini ilgari suradi. Maqolada ushbu xizmatlarning asosiy turlari – murabaha, mudaraba, musharaka, ijara va sukuk instrumentlari keng o‘rganilib, ularning tijorat banklari faoliyatiga integratsiyalashuvi amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida mamlakatda mavjud normativ-huquqiy baza, infratuzilmaviy imkoniyatlar va moliyaviy savodxonlik darajasi chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar aniqlangan. Shuningdek, O‘zbekistonda Islom moliyasiga oid xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar, tartibga soluvchi mexanizmlar va xalqaro tajribalar asosida ilg‘or takliflar ishlab chiqilgan. Muallif Islom moliyasining iqtisodiy inklyuzivlik, moliyaviy xavfsizlik va halollik tamoyillariga asoslangan holda milliy moliya tizimini diversifikatsiyalashdagi o‘rni va ahamiyatini asoslab beradi.
Keywords: islom moliyasi, tijorat banklari, murabaha, mudaraba, musharaka, ijara, sukuk, shariat tamoyillari, halal moliyalashtirish, O‘zbekiston moliya tizimi, foizsiz bank xizmatlari, moliyaviy inklyuziya.