BANKLAR VA KRIPTOVALYUTALAR: O'ZARO MUNOSABATLAR VA XAVF-XATARLAR

07.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8

Abstract. Ushbu maqolada an’anaviy moliyaviy institutlar — banklar bilan yangi raqamli moliyaviy vosita sifatida shakllanayotgan kriptovalyutalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar har tomonlama yoritilgan. Kriptovalyutalarning tarqalishi moliyaviy xizmatlar sohasida yangi imkoniyatlar bilan birga, bank tizimi uchun muayyan tahdidlar va tartibga solish muammolarini ham yuzaga keltirmoqda. Maqolada banklar va kriptoaktivlar o‘rtasidagi raqobat va hamkorlik aspektlari, transchegaraviy to‘lovlar, blokcheyn texnologiyasining bank amaliyotiga ta’siri hamda ushbu jarayondagi asosiy xavf-xatarlar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston moliyaviy sektorida kriptovalyutalarga nisbatan shakllanayotgan siyosat va huquqiy asoslar ham ko‘rib chiqilgan.

Keywords: Banklar, kriptovalyutalar, blokcheyn texnologiyasi, moliyaviy tizim, raqamli aktivlar, regulyatsiya, moliyaviy xavf, raqobat, transchegaraviy to‘lovlar, markazlashmagan moliya (DeFi), fintech, O‘zbekiston bank sektori.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor