OPERATSION XARAJATLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH (“O‘ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA)

30.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7

Abstract. Ushbu ilmiy maqola tijorat banklarining moliyaviy boshqaruvi tizimida muhim o‘rin egallovchi operatsion xarajatlar auditi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “O‘zmilliybank” AJ misolida mazkur audit faoliyatining holati chuqur tahlil qilinadi. Operatsion xarajatlar – bu bankning asosiy faoliyatini yuritish bilan bog‘liq muntazam ravishda yuzaga keladigan harajatlar bo‘lib, ularni aniq va shaffof nazorat qilish bankning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada, bir tomondan, operatsion xarajatlarning turlari, ularni hujjatlashtirish, tahlil qilish va audit qilish jarayonlari yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, amaliyotda uchrayotgan dolzarb muammolar – elektron monitoring tizimlarining yetarli darajada rivojlanmagani, audit xulosalari va natijalari asosida tezkor boshqaruv qarorlarining qabul qilinmasligi, indikatorlarning mavjud emasligi kabi holatlar ochib berilgan. Shuningdek, maqolada operatsion xarajatlar auditi tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, bankda ichki audit funksiyasini raqamlashtirish, KPI indikatorlar asosida xarajatlar samaradorligini baholash, auditorlar malakasini oshirish va xalqaro tajribalardan foydalanish orqali audit sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Keywords: operatsion xarajatlar, audit, ichki audit tizimi, O‘zmilliybank, bank xarajatlari, moliyaviy nazorat, raqamli audit, ichki nazorat mexanizmlari, xarajatlarni optimallashtirish, KPI indikatorlari, xalqaro audit standartlari, moliyaviy samaradorlik, risklarni boshqarish, ichki moliyaviy monitoring, avtomatlashtirilgan audit tizimlari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor