21.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Mamlakatda bank tizimining barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan tijorat banklarining moliyaviy risklarni, ayniqsa valyuta risklarini samarali boshqara olishiga bog‘liqdir. Global iqtisodiy integratsiya jarayonlari, transchegaraviy moliyaviy operatsiyalar va xorijiy investitsiyalarning oshib borayotgani fonida O‘zbekiston bank tizimi uchun valyuta risklari dolzarb masalaga aylangan. Ushbu maqolada tijorat banklarida yuzaga keluvchi valyuta risklarining turlari, ularning vujudga kelish sabablari va moliyaviy barqarorlikka ta’siri keng yoritiladi. Tadqiqot “Kapitalbank” ATB misolida olib borilib, 2020–2024 yillar oralig‘ida xorijiy valyutadagi aktiv va majburiyatlar strukturasidagi o‘zgarishlar asosida valyuta risklarining darajasi tahlil qilinadi. Maqolada bankning ochiq valyuta pozitsiyasi, uning o‘zgarish dinamikasi va bu pozitsiyaning kurs farqidan kelib chiqadigan foyda yoki zarar ko‘rinishidagi moliyaviy oqibatlari baholanadi. Shuningdek, “Kapitalbank” ATB tomonidan qo‘llanilayotgan valyuta riskini kamaytirish usullari – xedjing strategiyalari, risklarni limitlash, portfel diversifikatsiyasi hamda ichki nazorat mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro amaliyotdagi ilg‘or tajribalar bilan solishtirma tahlil asosida O‘zbekiston tijorat banklarida valyuta risklarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbu tadqiqot natijalari tijorat banklarining valyuta riskiga nisbatan barqarorligini oshirish, risklarni oldindan aniqlash va ularning salbiy oqibatlarini minimallashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: valyuta riski, tijorat banki, ochiq valyuta pozitsiyasi, risklarni boshqarish, xedjing strategiyalari, “Kapitalbank” ATB, valyuta kursi o‘zgarishi, moliyaviy barqarorlik, aktiv va majburiyatlar nomutanosibligi, derivativ instrumentlar, bank xavflari, xalqaro tajriba, valyuta siyosati, Markaziy bank me’yorlari, risk monitoring tizimi