O'ZBEKISTONDA MUQOBIL INVESTITSIYALASH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

19.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda muqobil investitsiyalash amaliyotini rivojlantirish masalalari atroflicha tahlil qilinadi. An’anaviy moliyaviy manbalarga qo‘shimcha tarzda muqobil investitsiya vositalarining (venchur kapital, kraudfanding, islomiy moliya, startap fondlari va boshqalar) milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, ahamiyati va ularni joriy etishning zaruriyati asoslab berilgan. Jahon amaliyoti misolida samarali modellar ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston sharoitida ularni moslashtirish imkoniyatlari baholanadi. Shuningdek, muqobil investitsiyalarning huquqiy-institutsional bazasi, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot milliy iqtisodiyotda innovatsion va texnologik loyihalarni moliyalashtirishning yangi yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Keywords: muqobil investitsiya, venchur kapital, kraudfanding, startaplar, islomiy moliya, sukuk, investitsion muhit, moliyaviy innovatsiyalar, O‘zbekiston, xususiy investitsion fondlar, moliyalashtirish mexanizmlari, iqtisodiy islohotlar, sarmoya jalb qilish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor