17.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit portfelida yuzaga kelayotgan muammoli kreditlar (NPL — Non-Performing Loans) muammosi tahlil qilinadi. Muallif ushbu kreditlarning paydo bo‘lishiga olib keluvchi asosiy omillarni ochib beradi, xususan, kreditlashdagi baholash xatolari, mijozlarning moliyaviy intizomi pastligi, bozor tavakkalchiligi va iqtisodiy beqarorlik holatlari muhokama etiladi. Shuningdek, muammoli kreditlar banklar rentabelligi va likvidligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bois, ularni kamaytirishga qaratilgan strategik choralar — ilg‘or kredit skoring tizimlari, kredit portfelini diversifikatsiyalash, monitoringni kuchaytirish va kreditlarning qayta restrukturizatsiyasi kabi mexanizmlar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston bank tizimi misolida milliy va xalqaro yondashuvlar solishtirilib, maqolada muammoli kreditlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Keywords: Muammoli kreditlar, kredit portfeli, risklarni boshqarish, tijorat banki, qaytaruvchanlik, kredit siyosati, restrukturizatsiya, monitoring.